BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN KREDIT-MODUL TIZIMINING SAMARADORLIK OMILLARI

Authors

  • Abdurasulova Shoira Kushakovna Innovatsion texnologiyalar universiteti, "Maktabgacha va boshlang'ich talim metodikasi" kafedrasi o‘qituvchisi

Keywords:

kredit-modul tizimi, boshlang‘ich ta’lim, muloqot kompetensiyasi, kommunikativ ko‘nikmalar, pedagogik jarayon, interfaol metodlar, mustaqil ta’lim, reyting baholash, modul o‘quv texnologiyasi, pedagogik amaliyot, refleksiv yondashuv, kasbiy kompetensiya, axborot-kommunikatsiya vositalari, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ta’lim sifati.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarda muloqot kompetensiyasini shakllantirish jarayonini kredit-modul tizimi asosida samarali tashkil etishning pedagogik omillari yoritilgan. Tadqiqot davomida ayniqsa talabalarning muloqotga tayyorgarlik darajasini oshirish, ta’lim jarayonida faol ishtirokini kuchaytirish, interfaol va refleksiv yondashuvlar orqali muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar tahlil qilingan. Shuningdek, kredit-modul tizimining modul mazmunini talabaning o‘zlashtirish sur’ati, mustaqil ta’lim faoliyati, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari va kommunikativ tajribasini kengaytirishga ta’siri asoslab berilgan. Maqolada ushbu tizim orqali muloqot kompetensiyasining motivatsion, kognitiv, faoliyat va shaxsiy tarkibiy qismlari uzviy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan metodik yondashuvlar va amaliy takliflar ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida samarali muloqot olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishga, kasbiy kompetensiyaning sifat jihatdan oshishiga va kommunikativ madaniyatni shakllantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Maqola natijalari boshlang‘ich ta’limda sifatni oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik modelni yaratishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

References

1. Abdurasulova Sh.K. Kredit-modul tizimida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida. Ilm sarchashmalari, UrDU, 2023.

2. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015.

3. Qodirova B.T. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida shaxsiy kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari. Ta’lim jarayoni jurnali, 2021, №2.

4. Ashurov A.A. Kommunikativ kompetensiyaning nazariy mohiyati va tahlili. Foreign Languages in Uzbekistan, 2020, №1(30), 76–83-betlar.

5. Fayzullayeva N. Pedagogik bilimlar – o‘qituvchi kasbiy mahoratining nazariy asosi. Uzluksiz ta’lim, 2018, №6, 109-bet.

6. Najmiddinova M. Boshlang‘ich ta’limda kommunikativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi. O‘qituvchi va zamon, 2019, №4.

7. Ortiqboyeva L. Kredit-modul tizimi asosida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida mustaqil ta’lim tashkiliy modeli. Pedagogik mahorat, 2022, №3.

8. Tadjibaeva J. Psixologik kompetentlik va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi. Science and World, 2020, №1(77), 32–33-betlar.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi farmoni. 08.10.2019 y.

10. Xudoyberdiyev A. Kredit-modul tizimida baholashning reyting mezonlari. Ta’lim va innovatsiya, 2021, №1.

11. Ismatova Y. Kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish va baholash. Ilmiy ta’lim jurnali, 2022, №1.

12. Jumaniyozova M. Zamonaviy ta’limda “4K” modeli va uning boshlang‘ich ta’limga tatbiqi. Ilm sarchashmalari, 2023, №11.

13. Monroe B. Communication Competence in Teacher Education. International Journal of Pedagogy, 2021, Vol. 6(3).

14. Martin J., Stewart L. Communication and Language Development in Early Education. New York, Routledge, 2018.

15. Hargie O. Skilled Interpersonal Communication: Research, Theory and Practice. London, Routledge, 2017.

Downloads

Published

2025-12-20

How to Cite

Abdurasulova Shoira Kushakovna. (2025). BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN KREDIT-MODUL TIZIMINING SAMARADORLIK OMILLARI. Fan Va Tadqiqot Samaralari, 2(9), 72–77. Retrieved from https://academicsbook.com/index.php/fts/article/view/3169
Indexed & Abstracted In

Our articles are indexed and discoverable across leading academic databases worldwide