“TARIXI ANBIYO VA HUKAMO” - SIYARNOMA

Authors

  • Nurboy JABBOROV filologiya fanlari doktori, professor Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Keywords:

agiografiya, siyarnoma, payg‘ambarlar, avliyolar hayoti, istiloh, terminologiya, adabiyot, nasr, nazm

Abstract

Maqolada payg‘ambarlar, avliyolar va shu kabi ulug‘ shaxslar hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarga G‘arb adabiyotshunosligidagi kabi “agiografiya” emas, Sharq adabiyoti xususiyatidan kelib chiqib, “siyarnoma” istilohini qo‘llash zarurati ilmiy asoslangan. “Siyar” so‘zi arab tilidagi “siyrat” kalimasining ko‘plik siyg‘asi bo‘lib, “yo‘l”, “sunnat”, “hayot yo‘li”, “tarjimai hol” yoki “tartib” ma’nolarini bildirishi, Sharq mumtoz adabiyotidagi payg‘ambarlar va avliyolar hayotiga doir badiiy asarlar “siyarnoma” deyilishi maqsadga muvofiq ekani dalillangan. Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asari siyarnomaning mukammal namunasi ekani tadqiq qilingan. Shuning barobarida, ushbu siyarnoma Navoiyning “Zubdat ut-tavorix” nomli yirik tarixiy asarining bir qismi bo‘lishi mumkinligi haqidagi mavjud ilmiy qarashlar boyitilgan.

Asarda payg‘ambarlar ikki guruhga: rasul va nabiylarga ajratilgani, nabiylar hayoti haqidagi ma’lumotlar sulolalar tartibida bayon etilgani aniqlangan. Asarning birinchi qismida Odam Atodan boshlab oltmishdan ortiq payg‘ambarlar va ular avlodlarining biografiyalari keltirilgani, ikkinchi qismida esa hakimlar zikri berilgani tadqiq qilingan.

Asarning boshqa siyarnomalardan farqi, birinchidan, Odam alayhissalomdan Jirjis alayhisalomgacha bo‘lgan payg‘ambarlar zikri kelgani bilan belgilansa, ikkinchidan, nabiylar hayoti keng va mufassal yoritilmay, eng muhim va xarakterli ma’lumotlar berilganida, uchinchidan, Muhammad alayhissalom davri voqealari ifodalanmaganida ko‘rinishi aniqlangan.

References

1. Ali Şir Nevai I. c. Hayatı, Sanatı ve Kişiliği. Ankara 1965 Türk Tarih Kurumu Basımevi. XVI + 307 say., 5 Resim. “Türk Dil Kurumu Yayınlarından-Sayı:239”

2. Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. /Тўла асарлар тўплами. Ўн жилдлик. Ўнинчи жилд. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2011.

3. Алишер Навоий. Тарихи анбиё ва ҳукамо. /Тўла асарлар тўплами. Ўн жилдлик. Саккизинчи жилд. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2011.

4. Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. /Alisher Navoiy kulliyoti. – Istanbul: Topkapi saroyi kutubxonasi, «Revan 808» nusxasi.

5. Al-Mo‘jam al-Vasit. J.2. - Istanbul – Turkiya, Al-Maktabatul Islamiya, 1972. -S.467.

6. Ahmad ibn Muhammad ibn Ali al-Fayyumiy. Al-Misbah al-Munir fi g‘orib al-Sharh al-Kabir.¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬ – J:1. – Bayrut: Maktaba al-Alamiyya, 2009.

7. James T. Palmer. Early medieval hagiography. – UK, 2018, Arc Humanities Press, Leeds.

8. Imom Alovuddin Abu Bakr Mas’ud ibn Ahmad Al-Kosoniy Al-Hanafiy. Badoius sanoi’ fi tartibish sharoi’.7-jild. Bayrut: Dorul kutubil Ilmiya, 1986.

9. Muhammad ibn Muhammad ibn Adurrazzoq. Taj al-Urus. – J:12. – Quvayt: Tab’a al-Quvayt, 2006.

10. Назаров Б.Н. Ислом агиографияси тизимида мақоматнинг ўрни ва унинг бадиий-услубий хусусиятлари (Баҳоуддин Нақшбанд мақоматлари асосида): филол. фан. д-ри... дисс. – Тошкент, 2000.

11. Рабғузий, Носируддин. Қисаси Рабғузий. – Тошкент: Ёзувчи, 1990.

12. Робинсон А.Н. Жития святых. /Краткая литературная энциклопедия. -Москва.: Изд-во советская энциклопедия, 1964.

13. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Tamaddun, 2018.

14. Xolid ibn Muhammad G‘oys. Sohih al- Asar va Jamil al-Ibar min Siyrati xayr al-Bashar. – Jidda: Maktaba Rova’l al-Mumallika, 2010.

15. Шайх Усмонхон Темурхон Самарқандий. Тафсири Ирфон. 1, 3-жилдлар. – Тошкент: Sharq NMAK, 2019.

16. Эргашев Қ. Алишер Навоийнинг насрий услуби масалалари: Филол. фан. д-ри... дисс. –Тошкент, 2022.

17. Қаюмов А. Навоийнинг умумий тарихга доир бир китоби тўғрисида. //Адабий мерос. – Тошкент, 1983, 1 (25)-сон.

Downloads

Published

2025-02-04

How to Cite

Nurboy JABBOROV. (2025). “TARIXI ANBIYO VA HUKAMO” - SIYARNOMA. Hamkor Konferensiyalar, 1(11), 12–24. Retrieved from https://academicsbook.com/index.php/konferensiya/article/view/1236