ALISHER NAVOIY IJODIDA HAZRATI ALINI TAMSIL QILUVCHI OBRAZLAR
Keywords:
badiiy obraz, hikmat, ruboiy, Ali r.a., tasavvuf, valoyat, qutbiyati kubro, talqinAbstract
Islom olamining ulug‘ siymolaridan biri xalifa Ali (r.a.) musulmon Sharqi adabiyotiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan. Uning hikmatlariga o‘nlab fors va turk ijodkorlari ruboiy shaklida tarjima-sharhlar yozishgan va bu adabiy an’anaga aylangan. Bundan tashqari, hazrati Ali (r.a.) shaxsi hamda u bilan aloqador voqealar rivoyat, afsona, hikoyatlarga mavzu bo‘lgan. Shu tarzda badiiy adabiyotda Ali timsoli shakllangan. Maqolada Navoiy asarlarida bu ulug‘ siymo ta’sirini yorituvchi asosiy jihatlar tasniflanib, to‘rt yo‘nalishda tadqiq qilindi. Bu masala mutafakkirning lirik, epik va liro-epik asarlari asosida o‘rganildi. Natijada Navoiy ijodida yigirmadan ortiq obrazlar istiora yo‘li bilan hazrat Ali karramallohu vajhahuga (Alloh uning yuzini ulug‘ etsin) ishorat qilishi, zulfiqor, duldul, uzuk kabi timsollar esa yuqoridagi obrazlar bilan assotsiativ munosabatga kirishishi mumkinligi aniqlandi. Shuningdek, Navoiy asarlari nashrlari bilan bog‘liq ba’zi muammolarga aniqlik kiritildi.
References
1. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. VI jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2012. – 812 b.
2. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. VIII jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2012. – 704 b.
3. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. IX jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2012. – 768 b.
4. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik. X jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2012. – 684 b.
5. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. XII том. – Тошкент: “Фан”, 1996. – 357 б.
6. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. XVI том. – Тошкент: “Фан”, 2000. – 329 б.
7. Alisher Navoiy. Lisonu-t-tayr. Ilmiy-tanqidiy matn. – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1965. – 230 b.
i. تاشکینت۱۹۶۵ «فن» نشریاتی.علمی تنقیدی متن.لسان الطير. علیشیر نوایی
8. Alisher Navoiy. Lison ut-tayr: (Nasriy bayoni bilan); Mas’ul muharrir, so‘zboshi muallifi, izoh va lug‘atlar tuzuvchisi Vahob Rahmonov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2009. – 472 b.
9. Avaznazarov O. Navoiy timsollari so‘zligi. – Toshkent: Spectrum Media Group, 2024. – 288 b.
10. Avaznazarov O. Alisher Navoiy dostonlarida yo‘l obrazi geografiyasi / O‘zbekiston olimlarining ilmiy-amaliy tadqiqotlari. – 2024, № 3. – 76–82 b.
11. Avaznazarov O. Alisher Navoiy dostonlarida yo‘l obrazi / Til va adabiyot.uz. – 2024, № 20. – 29–31 b.
12. Иброҳим Ҳаққул. Тахминда чалғиш бўлур // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”. – 2009, № 43. – 6 б.
13. Lisonu-t-tayr. Kulliyoti Navoiy. Qo‘lyozma. To‘pqopi saroy kutubxonasi. Revan fondi, Inv.№.808. – B.21b.