BOTIRXON AKRAMOV – NAVOIYSHUNOS
Keywords:
Navoiyshunoslik, o‘ziga xos uslub, navoiyona yondashuv, ta’sir, mafkura tamoyili, maqolot, mundarija, tadqiqot, dolzarb, fenomen shaxs, ma’naviy sodiqlikAbstract
Mana bir necha asrlarki, Navoiy fenomeni ham shaxs, ham ilm ahli sifatida avlodlar e’tiborida, tadqiqotchilar nazarida. Ilohiy nizomga xos shaxsiyatlar betakrorligi va muborakligi bilan ham ahamiyatlidirlar. Betakrorlik har bir mavjudlikka xos aniqlik bo‘lib, muboraklik esa ba’zan kuzatiladigan, ba’zan kuzatilmaydigan noyob hodisadir. Ayni shu sifat “har yuz yil”ning tuhfalarini umumiylikdan ajratib beradi. Muboraklik sifat egasini fenomen mutafakkir nomda xoslash bilan birga, keyingi avlod ma’rifiy-ijtimoiy tamaddunida har sohada minglab masalalarga yechim sifatida ahamiyat kasb etadi. Alisher Navoiy shaxsi, ijtimoiy, siyosiy, adabiy, ilmiy faoliyati necha asrlarki tubi cheksiz ummon kabi tadqiqotchilarni o‘ziga mahliyo qilishdan to‘xtamaydi. Zukko olim Botirxon Akramovning mazkur yo‘nalishda olib borgan tadqiqotlari o‘z o‘rniga ega ilmiy izlanishlardan biri bo‘lib, olimning navoiyshunoslik doirasida olib borgan tadqiqotlari adabiyotshunoslik yo‘nalishining bebaho manbasiga aylanib ulgurdi. Botirxon Akramov XX asrda yashab ijod qilgan o‘zbek millatining fidoyi, zabardast, oliyjanob fazilatli ma’rifatparvar vakilidir.
References
1. Botirxon Akram.Hayratlar olami.-Toshkent.2014
2. Botirxon Akramov. Fasohat mulkining sultoni.Toshkent. 1991
3. Sadriddin Ayniy.Asarlar.8-tom.Toshkent. 1967.B-28-29
4. AzizQayumov.Dilkusho takrorlar va ruhafzo ash’orlar.Toshken. 2014.B-94
5. Sultonmurod Olim.Naqshband va Navoiy.Toshkent.1996.B-100